Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasining rekonstruksiya qilingan yangi bosh oʻquv binosi foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov, Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Shahlo Turdikulova, shuningdek, tibbiyot muassasalari rahbarlari hamda oʻqituvchi va talabalar ishtirok etdi.
Aytish lozimki, foydalanishga topshirilgan yangi binoda 8 ta kafedra, 10 ta boʻlim, maʼmuriyat hamda boshqa maishiy hududlar joylashgan boʻlib, 3000 nafar talaba tahsil oladi.