Dallas shahrida (AQSh) 23-26 aprel kunlari Jarrohlik infektsiyalari jamiyatining navbatdagi 41-yig’ilishi bo’lib o’tdi. 40 dan ortiq ma’ruza, jahon miqyosidagi yetakchi mutaxassislarning 10 ta ma’ruzasi, yosh olimlarning 50 ta taqdimoti tinglandi. Asosiy mavzu vektori: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda jarrohlik infektsiyasi. Shuningdek, akademiyamizdan umumiy xirurgiya kafedrasi xodimlari tomonidan COVID bilan kasallangan bemorlarda o‘pka xo‘ppozlari muammosiga bag‘ishlangan ma’ruzasi taqdim etildi. Kotibiyatning Osiyo mintaqasidagi soʻrovlarni tahlil qilish guruhlari tarkibiga birinchi marta Oʻzbekiston delegati, Jarrohlik infektsiyalari jamiyati aʼzosi, professor A.O.Oxunov kiritildi. Kotibiyatlarning ishi yana ikki kun davom etadi.